zakazlar ko’pligi sabab bir haftalardan keyin bu to’yga qo’lim tegdi. To’yni ko’rib xushim boshimdan uchdi: Bu o’sha edi! Kelinlik libosida shunaqa chiroyli edi-ki! Tasvirchi ham bor mehrini berib syomka qilgani sababli lavhalar haqiqiy san’at asari edi. Xumora ham kamera qarshisida o’zini ideal tuta olgandi. Faoliyatimda kuzataman, bu ish hammaning ham qo’lidan kelavermasdi. E xullas, taqdirning bunday ishlaridan lol edim. Endigina unutayozgan xotiralarim yana qayta jonlangandi. Do’stlarim, tushininglar axir, men uni telbalarcha sevib qolgandim. O’sha to’ydagi lavhalarni tel imga o’tkazib oldim. Xayotimdan mazmun ketib bo’lgandi. Tunlari uning endi yo’qligini, eng so’nggi ilinjim ham uzilganini o’ylab, uning kameraga qarab qilgan qiliqlariga qarab yig’lab chiqardim. Men taboro es-hushimdan ayrilib borar edim. Xamma narsadan ko’nglim qoldi. Ishni ham tashadim. Faqat kayf bo’lib telimdagi lavhalarga termulib kunim o’tadi. Bilmadim bu holatda yana qancha yashashim mumkin? Lekin, men adoyi tamom bo’ldim. Endi menga farqi yo’q. Xumorani kecha ilk bora tushimda ko’rdim, hadeb meni o’ziga chorlab, “Xali meni sog’inib qolasiz!”, “Xali meni sog’inib qolasiz!”, dermish.Uni shu kunlarda rosa sog’indim. Do’stlar, men yaqinda u bilan ko’rishmoqchiman. Afsusdaman… Dadam-onam meni juda yaxshi ko’rishadi. Bu yil erkatoy singlimni to’yini qilmoqchi edik. Ex singiljonim, seni to’yingga Limuzin gaplashib berishim kerak edi-ku. Demak ulgurishim kerak, lekin meni Xumora kutib qoldi-da, uning oldiga imkon qadar tezroq ketmasam bo’lmaydi. Dadajon-onajon, yaqinlarim, do’stlarim, aziz singlim meni kechiringlar… Muallifdan: E’tiborlariz uchun tashakkur. Bu voqea qaxramonini shaxsan o’zim taniganligim sababli uning hayotiga achinaman. Haqiqatan ham u bir paytlar obro’li inson edi. Videostudiyasi ham mashxur edi. Lekin endi bularning bari bir xotira. E'TIBORLARIZ UCHUN TASHAKKUR..!