HEKAYE.RU |
book
Qizlarga maslahat (davomi)
Muolajaning davomiyligi 8-10 daqiqani tashkil qiladi. Chayinganingizdan keyin yaxshilab artining va ko'kragingizga maxsus ko'krakni tiklovchi bal'zam yoki ozuqaviy krem surting. Siyrak oqim massaji ham yaxshi hisoblanadi. U teriga ko'proq ta'sir qilib, nerv tolalarini jonlantiradi, shu bilan birga teri va so'rg'ichlar sezgirligini oshiradi. Bu massaj quyidagicha bajariladi: oqimni aylanma harakatlar bilan qovurg'alardan yelkangizga qarab yo'naltiring, tomoq ostini qo'shgan holda. Muolaja 15-20 daqiqani tashkil qiladi. So'ng suv oqimi ostida turing, terini momiq sochiq bilan namini tortib, oziqlantiruvchi krem surting. Yana bir yaxshi ijobiy natijalarni beruvchi massaj turi - dengiz suvi bilan bajarishdir. Uning foydaliligini eshitgan bo'lsangiz kerak. Lekin buning uchun dengiz sohiliga borishingiz shart emas. Dengiz tuzini dorixonadan olib, quyidagi proporciyada, ya'ni 100 g 1 l suvga, vanna to'ldiriladi. "Kichkina dengizda" taxminan 15-20 daqiqa yoting, so'ng engil massaj qilishni unutmang. Maxsus gimnastika Yaqinda tug'gan ayollar uchun ko'krakni yaxshi shaklda saqlanib qolishi uchun jismoniy mashg'ulotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Quyida keltirilgan mashg'ulotlar ko'kragingizni deyarli tez muddat ichida (bir necha oyda) yaxshi holatga keltiradi. Mashg'ulotlarni har kuni 15-20 daqiqa bajarganingiz ma'qul. 1. Mashq . "Otjimaniye" Qo'llarni yelkalardan sal kengroq qo'yish kerak. Oyoqlar va bel bir tekis chiziqni tashkil qilishi kerak. Barmoqlar to'g'riga, tirsaklar esa yonga yunaltirilgan bo'ladi. Tirsaklarni oxirigacha to'g'rilash shart emas. To'g'rilanishida nafasni chiqaring, egilganida nafasni ichingizga torting. Bu mashqni yerdan qilishga qiynalsangiz, boshlanishiga stuldan qilib ko'ring. Bittada 10 marta qilishga harakat qilish kerak. 2. Mashq. Tizzaga turib "otjimaniye" qilish. Bilaklar yelka ostida, barmoqlar oldinga yo'naltirilgan, tizza bilan yerga turamiz. Qolgani 1-mashqdagidek qilinadi. 3. Mashq. To'g'ri turing, oyoqlar yelka barobarida. Kaftlaringizni birga oldingizda qiling, barmoqlaringizni yuqoriga qiling, tirsaklaringiz ko'kraklaringiz baroobarida bo'lsin. Ikki marta, "bir,ikki" hisobiga kaftlaringizning pastki qismini qattiq siqing. "Uch" hisobiga barmoqlaringizni o'zingizga qarating, "to'rt"da -kaftlaringizni to'g'rilang, "besh"da - qo'llaringizni tushiring, "olti"da qo'llaringizni oldingizda yig'ing. Shunday 5-10 marta qiling. 4. Mashq. Qo'llaringiz barmoqlarini birga chirmashtiring. To'g'ri turing, oyoqlar yelka barobarida bo'lsin. Tirsaklardaegilgan qo'llaringizni yuzingiz barobariga ko'taring. Barmoqlaringizni bir biri bilan qattiq chirmashtiring. Keyin keskin harakatlar bilan qo'llaringizni har xil taraflarga qarata harakatlantiring. Mashqni 10-12 marta qaytaring. 5. Mashq. Qo'llaringiz bilan aylana qilishga harakat qiling. Birga sinxron yoki ketma-ket qo'llaringizni oldinga va orqaga, "sakkiz" sonini konturlarini harakatingizda bajarib ko'ring. Shu bilan birga gantellar bilan ishlashingiz, turnikda tortilishingiz va maxsus korrektorlash trenajerlarda fitness-markazlarida shug'ullanishingiz mumkin. Gantellar va turniklarning yana "salbiy" ta'siri - qo'llaringiz va yelkalaringizni chiroyli bo'lib ketishidir. Keyingi savolesa, qanday qilib yosh onaga bularni bajarish uchun vaqt ajratishidir, bolasiga qarasa, uy yumushlarini qilsa, oilasini o'ylasa, shu bilan birga ustiga ishlasa. O'zingiz sezgan bo'lsangiz ham kerak, gantel va fitnesslarning go'zallikni saqlashda katta ahamiyat kasb etmaydi, eng asosiysi bu - tirishqoqlik va doimiylikdir.